Tojikiston yil boshidan buyon uyushgan yollash dasturi doirasida Rossiyaga 17 mingdan ortiq mehnat muhojirini yubordi. Bu haqda mamlakat mehnat, migrasiya va aholi bandligi vaziri o‘rinbosari Sharif Norzoda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolarini qonuniy ish bilan ta’minlash maqsadida Rossiyaning 85 dan ortiq ish beruvchisi bilan hamkorlik qilmoqda. Nomzodlar muntazam saralab boriladi, Rossiya kompaniyalari vakillari ishtirokida deyarli har hafta onlayn suhbatlar o‘tkaziladi.
Tojikiston Mehnat vazirligiga ko‘ra, uyushgan yollash dasturi fuqarolarning xorijda qonuniy mehnat faoliyatini ta’minlash va rossiyalik ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.