Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikiston prezidenti “milliylikka yot” kiyimlar kiyishni taqiqladi

Tojikiston prezidenti “milliylikka yot” kiyimlar kiyishni taqiqladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon “milliy madaniyatga yot” kiyimlarni kiyishni taqiqlovchi “tantanalar va marosimlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasini Tojikiston prezidenti parlamentga taqdim etgan, quyi palata deputatlari uni qabul qilgan, 19 iyun kuni esa senatorlar ma’qullagan. Qonunga rioya qilmaganlik uchun jarima belgilangan, biroq hozircha qaysi turdagi kiyimlar “milliy madaniyatga yot”, sotish va kiyish taqiqlangani aniq belgilanmagan.

Tojikistondagi ko‘plab ayollar ijtimoiy tarmoqlarda hijobli ayollarni ko‘chada to‘xtatib, hijobini yechishni yoki ro‘mol o‘rashni talab qilishayotganini aytmoqda. Hijobli ayollarni poliklinikalar va shifoxonalarga kiritmaslik holatlari ham kuzatilgan. Hijob sotish taqiqlangan kiyim-kechak bozorlarida reydlar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, bayram va marosimlar to‘g‘risidagi qonun endilikda “idgardak”ni taqiqlashni nazarda tutadi, ya’ni bolalarning hayitlik sovg‘asi yig‘ish maqsadida uyma-uy aylanishiga ruxsat berilmaydi.

Tojikiston rasmiylari taqiq sababini bolalar xavfsizligi va ularni to‘g‘ri tarbiyalash bilan izohlagan. Ulamolar kengashi ham mamlakat aholisiga “idgardak” an’anasi shariat normalari va hanafiy mazhabiga zidligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 09:37 21.06.2024. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!