Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tojikiston harbiylari va zaxiradagi askarlar “xavf” signali bilan oyoqqa turg‘izildi

Tojikiston harbiylari va zaxiradagi askarlar “xavf” signali bilan oyoqqa turg‘izildi

Bugun, 22 iyul kuni soat 4:00 da Tojikistonning barcha harbiy garnizonlari "xavf" signali bilan ko‘tarildi. Bunga mamlakat bo‘ylab bir kunlik “Marz-2021” harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi sabab bo‘ldi. Xavotir signali Tojikiston Qurolli kuchlari Oliy Qo‘mondoni, mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon topshirig‘i bilan berildi. https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/security/20210722/voennie-i-rezervisti-tadzhikistana-segodnya-bili-podnyati-po-trevoge?tg_rhash=59df260525b319

Mashqlarda 100 mingdan ortiq askar va ofiserlar, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va boshqa kuch tuzilmalari, shuningdek, milliy armiyaning 130 mingga yaqin zaxiradagi harbiy xizmatchilar qatnashadi.

Mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo, Dushanbe shahar meri Rustam Imomali, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati boshlig‘i zaxiradagi podpolkovnik Yodgor Fayzov, So‘g‘d viloyati rahbari zaxiradagi polkovnik Rajabboy Ahmadzoda va Xatlo viloyati rahbari zaxiradagi polkovnik Qurbon Hakimzoda Prezidentga harbiy garnizonlarning tayyorligi to‘g‘rimida axborot bergan.

Mashg‘ulotlarda Tojikiston Qurolli Kuchlari arsenalida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar, zirhli texnika, jangovar va transport samolyotlari, artilleriya va transport vositalari harakatga keltirildi.

Mashqlar natijasida Tojikiston Milliy gvardiyasi hududida harbiy parad o‘tkazilgan. Unda 10 mingdan ortiq askar va zobitlar, harbiy texnika tantanali marsh o‘tkazgan.

Imomal Rahmon mamlakat hukumatining xavfsizlik bloki rahbariyati oldida so‘zlagan nutqida armiyaning barcha askarlari va zobitlari, milliy Qurolli kuchlarning zaxiradagi harbiylariga mashg‘ulotlarni tezkorlik bilan o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildirgan. U bunday mashg‘ulotlarni yilda 1-2 marta o‘tkazish muhimligini ta’kidlagan.

Rahmon bunday keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulot Tojikistonda ilk bor o‘tkazilayotganini qo‘shimcha qilgan. Bundan mashg‘ulot o‘tkazilishiga qo‘shni Afg‘onistonda vaziyatning keskinlashuvchi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 10:00 22.07.2021. O'qildi: 5243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!