Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Titanik yolg‘oni: Aslida, cho‘kkan kema Titanik bo‘lmagan!

A A A
Titanik yolg‘oni: Aslida, cho‘kkan kema Titanik bo‘lmagan!

Shubhasiz, 1912 yil 15 aprelda cho‘kib ketgan «Titanik» hodisasi eng mash’um,  shuning bilan birgalikda,  eng mashhur voqelardan biri hisoblanadi. Biroq «Titanik: hech qachon cho‘kmagan kema» kitobining muallifi Robin Gardinerning fikriga ko‘ra, cho‘kkan sayohat layneri, aslida, «Olimpiya» deb nomlanuvchi boshqa bir kema bo‘lgan.

Uning fikricha,  egizak-layner «Olimpik» boshidanoq zarar yetkan holda sayohatga chiqqan. Bundan ko‘rinadiki, «Titanik» va «Olimpik» kemalari bir xil yo‘nalishda suzib borishgan.

Aslida, aysberg bilan «Olimpiya» kemasi to‘qnashgan. «White Stars» sug‘urta kompaniyasi sug‘urta pulini to‘lamaslik va katta yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Olimpiya»ni yangi qurilgan «Titanik» bilan almashtirishga qaror qilgan.

Shunday qilib, sug‘urtalovchilar «Olimpiya»ning o‘rniga «Titanik» cho‘kkan, deya yolg‘on gapirishgan. Robin Gardinerning nazariyasi blogger Mayls Sil tomonidan tanqid qilindi va u kema turli xil oyna shakllariga ega ekanini va ular dizayn jihatidan bir-biridan farq qilishini ta’kidladi. Agar plyonkalar almashtirilsa, bu, albatta, aniq bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi.

Manba: planetanovosti. com

 

Kiritildi: 05:41 14.05.2018. O'qildi: 4503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik