Olimlar 122 000 dan ortiq odam ma’lumotlarini tahlil qilib, og‘iz bo‘shlig‘i mikroblarining tarkibi oshqozon osti bezi saratoni xavfi bilan bevosita bog‘liqligini aniqladilar.
Saraton tashxisi qo‘yilgan bemorlarning tupugida 27 turdagi bakteriya va zamburug‘lar topildi, bu kasallik xavfini uch baravardan ko‘proq oshiradi.
Og‘iz mikroblari so‘lak orqali oshqozon osti beziga kirib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Muntazam ravishda tish yuvib yurish esa saraton, jumladan, oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi.