Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Tinchlik yoki taranglik? Rossiya-AQSh muzokaralari Istanbulda davom etadi

Tinchlik yoki taranglik? Rossiya-AQSh muzokaralari Istanbulda davom etadi

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi maslahatlashuvlar 10 aprel kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb tasdiqladi TASS manbasi.

"10 aprelga mo‘ljallangan", — dedi agentlik suhbatdoshi shu haqdagi savolga javoban.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi TASSga ma’lum qilishicha, Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning ikkinchi bosqichida Rossiya delegasiyasiga Vashingtondagi Rossiya elchisi Aleksandr Darchiyev rahbarlik qiladi, AQSh delegasiyasiga esa Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha AQSh Davlat departamenti yordamchisining o‘rinbosari Sonata Koulter boshchilik qiladi.

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi avvalgi maslahatlashuvlar 27 fevral kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya TIV ushbu uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan xabarda "muzokaralar mazmunli va ishchan ruhda o‘tganini" ta’kidlagan. Vazirlik ma’lum qilishicha, "ushbu kanal orqali muloqotni davom ettirishga kelishilgan".

Kiritildi: 23:46 08.04.2025. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!