Vatikanda Donald Tramp va Vladimir Zelenskiyning yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng Oq uy Ukraina “tinchlik rejasiga rozi bo‘lishi va hududining kamida beshdan bir qismidan voz kechishi”ni talab qilmoqda. Kiyev javob berishdan bosh tortmoqda - va to‘rt oydan beri AQShdan yangi ta’minosiz, faqat avval va’da qilingan qurollarga tayanib kelmoqda.
Himoyasiz qolmaslik uchun mamlakat o‘zining mudofaa sanoatini keskin tezlashtirdi. Kamikadze hujumi uchun dronlarni ishlab chiqarish 2023-yildagi 600 ming donadan o‘tgan yili 1,5 million donaga o‘sdi, 2025-yil oxiriga kelib esa uch millionga yetishi kerak. Bu allaqachon jang maydonida sezilmoqda: agar ikki yil oldin uchuvchisiz samolyotlar Rossiya yo‘qotishlarining uchdan bir qismi uchun javobgar bo‘lgan bo‘lsa, endi ular to‘rtdan uch qismi uchun javobgardir.
Og‘ir artilleriya ham orqada emas. 2022 yilda Ukraina o‘zining gaubitsalarini umuman yaratmagan, ammo hozir yigirmata Bogdan o‘ziyurar gaubitsalari har oy yig‘ish liniyasidan chiqib ketadi va ular uchun 155 mm snaryadlarning bir qismi ham Ukrainada yig‘iladi.
"Hozirda bizda o‘q-dorilar bilan bog‘liq muammolar yo‘q", deb ishontirmoqda ukrainalik artilleriya ofiseri, ammo Germaniya va Fransiyadan snaryadlarga bog‘liqlik hali ham yuqori ekanligini tan oldi.
Ukraina armiyasining asosiy muammosi odamlar bo‘lib qolmoqda. Yuz minglab odamlar allaqachon qurol ostida va 18-24 yoshdagi yangi ko‘ngillilarni jalb qilish uchun Ukraina Mudofaa vazirligi maoshlarni yiliga 42 ming yevrogacha ikki baravar oshirdi. Bu safarbarlik doirasida ilgari harbiy xizmatga chaqirilganlarning maoshidan taxminan ikki barobar ko‘pdir.