Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Timur Kapadze: "Mundialga oz vaqt qoldi, munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak"

Timur Kapadze: "Mundialga oz vaqt qoldi, munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchimiz Azizbek Turg‘unboyev O‘monga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Musobaqaga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, barcha futbolchilar optimal holatda. Legionerlarimiz asta-sekin yig‘inga qo‘shilmoqda. Bu turnir biz uchun foydali bo‘ladi, bor e’tiborimizni musobaqaga qaratganmiz. Vatan jamoasi bitta – unga hammamiz muxlislik qilamiz. Mundialga oz vaqt qoldi, munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

So‘nggi yillarda futbolimiz rivoji uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, islohotlar davom etmoqda. Masharipov va Ashurmatov biz uchun jiddiy yo‘qotish. Ba’zi futbolchilar klublarida o‘yin o‘tkazib keyinroq yig‘inga qo‘shilyapti, taktik va jismoniy tayyorgarlik uchun vaqt kam, lekin bu tabiiy jarayon. Biroq bubholat boshqa futbolchilarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratadi.

Har bir raqib jamoaga yangi murabbiy tayinlangach, ularga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi. O‘monning so‘nggi o‘yinlarini kuzatdik – hozir ular boshqa uslubda harakat qilishmoqda. Keyrush tajribali mutaxassis, yangi jamoa shakllantirmoqda. Nima yuz berishini ertangi o‘yinda ko‘ramiz.

Biz esa o‘z rejalarimiz asosida turli uslublarni sinab ko‘ramiz va zarur natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz" - dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze.

Azizbek Turg‘unboyev: "Yaxshi kayfiyatda yig‘inga keldik, mashg‘ulotlar ham, tayyorgarlik jarayoni ham samarali o‘tmoqda. Oldimizda muhim o‘yinlar turibdi.

Muxlislarni stadionga taklif qilamiz. CAFA musobaqasi haqiqiy futbol bayrami bo‘ladi. Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarimizni ertangi o‘yinda biz bilan birga bo‘lishga chaqiramiz".

Kiritildi: 14:15 29.08.2025. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!