Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Timur Kapadze: "Gvardiola Husanovni darhol "olov"ga tashladi"

Timur Kapadze: "Gvardiola Husanovni darhol "olov"ga tashladi"

"Futbol" telekanalidagi "Gol" ko‘rsatuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mehmon bo‘ldi.

"Abduqodir Husanov uchun xursand bo‘ldik. Bu o‘z o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Bunday klublar futbolchilarni tavakkal olishmaydi. Kuchli klub, kuchli murabbiy Husanovni o‘z safiga chaqirgani bu ajoyib.

Hech kim Husanovning bunchalik tez debyut qilishini kutmagandi. Futbolchi moslashish jarayonini o‘tishi kerak. Ko‘rdikki Gvardiola uni darhol "olov"ga tashladi. To‘g‘ri boshida xato bo‘ldi, hozir ko‘rib turibmizki necha yillardan beri APLda o‘ynayotgan futbolchilar ham xato qilishmoqda. Keyin yana xato bo‘ldi va sariq kartochka oldi. Agar ruhiy tomonlama kuchli bo‘lmasa futbolchining o‘yini orqaga ketardi. Husanov o‘ziga keldi va jamoadoshlari yordamida bu vaziyatdan zo‘r chiqib ketdi. O‘zbek o‘g‘lonini dunyoning eng kuchli 4-5 klubidan biri o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun kattagina summa sarflayotgani odamni xursand qiladi", - dedi Timur Kapadze.

Kiritildi: 14:08 07.02.2025. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!