Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Timur Kapadze: "Bizning o‘z maqsadimiz bor, shu yo‘lda tayyorgarlikni davom ettiramiz"

Timur Kapadze: "Bizning o‘z maqsadimiz bor, shu yo‘lda tayyorgarlikni davom ettiramiz"

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turida Quvaytni yirik 5:0 hisobida taslim etdi. O‘yindan keyin "oq bo‘rilar" bosh murabbiyi Timur Kapadze va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze:

Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Muhim o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga rahmat aytaman.

O‘tkazilgan 2 o‘yinning farqi

Har doim birinchi o‘yinlar qiyin kechadi. Bugun ham oson o‘yin bo‘lgani yo‘q. Raqib himoyada yaxshi harakatlandi. Biroq biz ham yetarlicha qarshilik ko‘rsatib g‘alaba qozondik. Endilikda keyingi uchrashuvlarga e’tiborimizni qaratib, tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.

Vyetnamga qarshi o‘yin va keyingi bosqich haqida

Biz uchun har bir o‘yin muhim. Barcha futbolchilar o‘yinga tayyor bo‘ladi. Ishlashda va tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz.

Keyingi bosqichda kim bilan o‘ynashimiz - buni albatta vaqt ko‘rsatadi. Nasib bo‘lgani bo‘ladi. Bizning o‘z maqsadimiz bor, shu yo‘lda tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Hojimat Erkinov:

Bizni stadiondan va televizor ortidan qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga rahmat. G‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, birinchi bo‘limda raqib himoya yaxshi harakatlandi. Zich o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq imkoniyat yaratib, hisobni yiriklashtira oldik.

Keyingi bosqichdagi raqib haqida

Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, biz tayyorgarlikda davom etamiz, kim bilan o‘ynashimiz hozirda ma’lum emas. Shu sababli bu haqida o‘ylamasdan, o‘z maqsadimiz yo‘lida ishlashda davom etishimiz kerak.

Kiritildi: 00:51 21.04.2024. O'qildi: 2154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!