Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Time jurnalining yangi muqovasida Ilon Mask AQSh prezidenti kreslosida tasvirlandi

Time jurnalining yangi muqovasida Ilon Mask AQSh prezidenti kreslosida tasvirlandi

Nashr tomonidan chop etilgan maqolada Mask jamoasi fevral oyi boshida USAID ofisiga kirib, hujjatlarga kirish huquqini talab qilgani va shundan so‘ng agentlikning yopilishi boshlanganini hikoya qiladi.

Shuningdek, AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari qanchalik uzoqqa borishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Manbalarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning ko‘plab idoralari allaqachon DOGE vakillari tashrifini kutmoqda.

"Hozircha Mask Trampdan boshqa hech kim oldida javobgar emasdek ko‘rinadi. Prezident o‘z saylov kampaniyasidagi homiysiga hukumat faoliyatini o‘z kun tartibiga moslashtirish uchun keng vakolat bergan. Hozirda millionlab davlat xizmatchilari Maskning ixtiyorida", — deb yozadi Time.

Kiritildi: 22:27 07.02.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!