Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Til o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi

Til o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (632-son, 08.10.2025-y.) qabul qilindi.

"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi 2 oyni o‘z hisobidan, keyingi 6 oygacha bo‘lgan muddatni esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.

Subsidiya miqdori:

  • Toshkent shahrida — YAHMning 2 baravarigacha (824 ming so‘m);

  • Viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha (618 ming so‘m);

  • Tuman (shahar)larda — 1 baravarigacha (412 ming so‘m).

2025–2026 yillarda 20 ming nafargacha yoshga, 2031 yilgacha har yili 20 ming nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.

Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinadigan o‘quv markazlariga beriladi.

Kiritildi: 16:31 09.10.2025. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!