Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

TikTok qanday qilib 35 daqiqada o‘ziga bog‘lab qo‘yadi?

TikTok qanday qilib 35 daqiqada o‘ziga bog‘lab qo‘yadi?

TikTok’ning yaqinda oshkor bo‘lgan ichki hujjatlari ilova algoritmining qanchalik tez odatlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Hujjatlarga ko‘ra, atigi 35 daqiqa (taxminan 260 ta qisqa videoni ko‘rish) ilovaga kuchli bog‘lanish hissini shakllantirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Bu holat yosh foydalanuvchilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi, chunki TikTok’da ortiqcha vaqt sarflash yuqoridagi hujjatlarga ko‘ra, turli ruhiy salomatlik muammolariga olib keladi. Bu muammolar orasida xavotirning oshishi, xotira susayishi, hamdardlik va muloqot ko‘nikmalari pasayishi kabilar bor.

TikTok rahbariyati bu ta’sirlardan boxabar bo‘lgan va ekranda sarflanadigan vaqtni cheklashga qaratilgan vositalar asosan ommaviy qabulni yaxshilashga qaratilganini tan olgan.

Bu ma’lumotlar oshkor bo‘lishi ortidan AQShda bir necha shtatlarda TikTok’ga qarshi da’vo arizalari berilgan. Ular TikTok qasddan yosh foydalanuvchilarni ilovaga ko‘proq bog‘lab qo‘yishni maqsad qilganini aytishyapti. TikTok kompaniyasi xavfsizlik choralarini himoya qilib chiqsa ham, uning foydalanuvchi salomatligi o‘rniga foydalanuvchi faolligini birinchi o‘ringa qo‘yayotgani haqidagi bahslar yanada kuchaydi.

Kiritildi: 21:36 26.10.2024. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!