Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

TikTok fosh bo‘ldi! Foydalanuvchilar ma’lumotlari Xitoyga uzatilgan

TikTok fosh bo‘ldi! Foydalanuvchilar ma’lumotlari Xitoyga uzatilgan

Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi Xitoy kompaniyasi ByteDance’ga qarashli TikTok xizmatini Yevropa foydalanuvchilarining ma’lumotlarini Xitoyga uzatgani uchun 500 million yevro miqdorida jarimaga tortmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, jarima solish to‘g‘risidagi qaror aprel oyi oxirigacha qabul qilinadi. Ehtimoliy sanksiyalarga sabab xizmat tomonidan Yevropa Ittifoqining shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari buzilganligi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, bu jarima Irlandiya nazorat organi tomonidan belgilangan uchinchi eng yirik jarima bo‘lishi mumkin. Ilgari Meta korporasiyasi 1,2 milliard yevro, texnologiya giganti Amazon esa 746 million yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. TikTokning o‘zi ham avvalroq voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashdagi taxminiy qoidabuzarliklar uchun nazorat organidan 345 million yevro miqdorida jarima olgandi.

Irlandiya Ma’lumotlarni Himoya Qilish Komissiyasi muntazam ravishda yirik raqamli xizmatlarni Yevropa Ittifoqining maxfiylik qoidalarini buzganligi uchun jarima soladi. Komissiya Apple, Google, TikTok va boshqa raqamli gigantlarning Yevropadagi bosh qarorgohlari Irlandiyada joylashgani bois ularning faoliyatini nazorat qiladi. Hozirgi vaqtda nazorat organi mashhur raqamli kompaniyalarga nisbatan o‘nlab tekshiruvlar olib bormoqda.

Kiritildi: 20:32 03.04.2025. O'qildi: 1269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!