TikTok ijtimoiy tarmog‘i Finlyandiyada 1 milliard yevrolik ma’lumotlar markazi qurish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Ville Ryudman ma’lum qildi.
"TikTok men bilan faqat dushanba kuni bog‘lanib, bu ishni qilishlarini aytishdi. Bu men uchun mutlaqo ajablanarli bo‘ldi", dedi u.
Bo‘lim boshlig‘i TikTok bo‘yicha “xizmat xavfsizligi bo‘yicha asosli xavotirlar” borligini ta’kidladi.
“Bu ilovani, masalan, parlament yoki Finlyandiya hukumati qurilmalariga xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘rnatish taqiqlangani muhim", — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq xorijiy OAV TikTok ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi Braziliyada quvvati 900 megavattgacha bo‘lgan yirik ma’lumotlar markazi qurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.