Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini jiddiy isloh qilinadi

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini jiddiy isloh qilinadi

O‘zbekistonda shifokorlar soni har 10 ming aholiga 29 kishini tashkil qiladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiyadagi bilan bir xil, Turkiya va Kanadadagidan esa ko‘p. Lekin bizda ish samaradorligi, davolash sifati zo‘r emas, - deyladi Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlis bayonotida.

Ushbu munosabat bilan quyidagi o‘zgarishlar taklif qilindi:

▪️Birlamchi bo‘g‘in isloh qilinib, tibbiyot brigadasi hamda unga biriktirilgan aholi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Endi aholi oilaviy shifokorni erkin tanlaydi, bu jarayonga xususiy shifokorlar ham jalb etiladi.

▪️Tibbiy yordamning kafolatlangan paketi tasdiqlanadi va paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari to‘liq byudjetdan qoplanadi.

▪️Birlamchi bo‘g‘inda barcha shifokor va hamshiralar faqat to‘liq stavkada ishlaydi. Poliklinikada akusher-ginekologlar soni 2 barobar ko‘paytiriladi. Har 3 ming nafar bola uchun bittadan pediatr shtati yangidan qo‘shiladi.

▪️Bu poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oylik maoshi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar ekvivalenti miqdorida bo‘ladi.

▪️Mazkur tizim bu yil 15 ta tuman va shaharda, kelgusi yildan Samarqand viloyatining barcha hududlarida sinovdan o‘tkaziladi.

▪️Shu bilan birga, oilaviy shifokor va hamshiralarning mas’uliyati ham oshiriladi. Endi mahallada infarkt, insult, onalar va bolalarning erta o‘limi, surunkali kasallik tufayli orttirilgan nogironlik bo‘lsa, favqulodda holat sanaladi.

Kiritildi: 22:06 07.05.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!