Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

Tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

Farmonga ko‘ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari va tibbiyot muassasalarida:

🔹 rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 o‘quv dasturi yakuni bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar o‘rinbosariga – 80 foizi hamda bosh hamshiraga – 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi;

🔹 rahbar xodimlar uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi;

🔹 1 yil davomida faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erishmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.

🏢 Tajriba-sinov loyihasi doirasida hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq tashkiliy, boshqaruv va moliyaviy jihatdan birlashtirilib ko‘p tarmoqli shifoxonalarga aylantiriladi.

Kiritildi: 11:22 22.05.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!