Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tibbiyotda yangi bosqich: rahbarlar o‘z hududidagi shifoxonalarda davolanishi taklif etildi

Tibbiyotda yangi bosqich: rahbarlar o‘z hududidagi shifoxonalarda davolanishi taklif etildi

Tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytilgan katta tashabbuslarning ijrosi joylarda, eng avvalo, birlamchi bo‘g‘inda so‘zsiz ta’minlanishi shartligi qayd etildi.

Har bir vazir, hokim, deputat va senator joylardagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsa, qolaversa, o‘zi va oila a’zolari o‘z hududidagi oilaviy poliklinikaga chiqib, hududiy shifoxonasida davolansa, bu islohotlarning tezroq pastga tushishiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Mutasaddi rahbarlarga dori-darmon ishlab chiqarish, olib kelish, reseptli dorilarni dorixonada sotish, bu jarayonlarni raqamlashtirish, tibbiyot tizimida mablag‘larni to‘g‘ri ishlatish, raqamlashtirish va sug‘urtani joriy etish, korrupsiyani yo‘qotish, sodda qilib aytganda, odamlarni rozi qilish bo‘yicha islohotlar ijrosi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish topshirildi.

Har bir poliklinika, shifoxona, markazda odamlarni tibbiyotdan rozi qilish, qat’iy intizom o‘rnatish va madaniyat olib kirish, buning ijrosini muntazam muhokama qilib, rahbarlarning javobgarligini ko‘rib chiqish uchun mas’ullar belgilandi.

Yig‘ilish davomida soha va hududlar rahbarlarining hisobotlari va qo‘yilgan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha rejalari tinglandi.

Kiritildi: 16:11 07.05.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!