Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tibbiy sug‘urtani joriy etishimiz lozim - Sayyora Imamova

Tibbiy sug‘urtani joriy etishimiz lozim  - Sayyora Imamova

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Qonunchilik palatasi deputatligiga qo‘yilgan nomzod Sayyora Imomova siyosiy partiyalar ishtirokidagi teledebatda quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Xalq demokratik partiyasi tibbiy yordam sifati, ayniqsa, kam ta’minlangan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirishda tibbiy sug‘urtani joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, Keksalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, “Xospis xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish zarur deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, biz farmasevtika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, dori-darmon va protezlash vositalari hamda boshqa tibbiy-ijtimoiy xizmatlar narxlarini tartibga solishni ilgari suramiz.

Bu borada “Dori-darmonlar va tibbiy vositalar narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish,ijtimoiy dorixonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, dori vositalarining reklamasini butkul taqiqlashni taklif qilamiz.

Shuningdek, partiyamiz mamlakatni xavfsiz va ekologik barqaror hududga aylantirishga qaratilgan bir qator vazifalarni belgilab olgan.

Xususan, biz suvdan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun Suv kodeksini qabul qilmoqchimiz.

Ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda keksalarning faol dam olishi hamda jismoniy mashqlar uchun “Salomatlik bog‘lari”ni tashkil etishni ham maqsad qilganmiz.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish masalalari ham partiyamizning doimiy e’tiboridadir.

Homilador va qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari bor ayollarga masofaviy ishlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularning mehnat sohasidagi huquqlarini ta’minlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada ko‘paytirishni ham maqsad qilganmiz".

Kiritildi: Bugun 18:58. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!