Britaniyaning The Times gazetasi yozishicha, noyabr oyida 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya harbiylari Polshaga yuboriladi. Ular urushdan keyingi sharoitda tinchlikparvar operasiya o‘tkazish bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Nashrga ko‘ra, bu Ukrainada urush tugaganidan keyin Yevropa davlatlari harbiylarining mamlakat hududida bo‘lishini ta’minlashga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan ilk mashg‘ulotlardan biri bo‘ladi. Harbiylar qo‘shinlar, oziq-ovqat va yoqilg‘i kabi moddiy-texnik vositalarni tinchlikparvar operasiya doirasida joylashtirishni mashq qiladi.
Moskva Ukraina hududiga NATO davlatlari harbiylarining kiritilishiga qat’iyan qarshi. Rossiya bunday qadamni urushga aralashish va hatto urush e’lon qilish sifatida baholashini bildirib kelmoqda.
Shu sababli Yevropa kontingentini Ukrainaga joylashtirish masalasi hozircha nafaqat harbiy, balki axborot-siyosiy bosim vositasi sifatida ham ko‘rilmoqda.