Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

The Telegraph: Eron 12 kunlik urush davomida Isroildagi beshta harbiy ob’ektga zarba berdi

The Telegraph: Eron 12 kunlik urush davomida Isroildagi beshta harbiy ob’ektga zarba berdi

The Telegraph nashrining xabar berishicha, Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik urush vaqtida Eron Isroil hududida jami beshta harbiy ob’ektni nishonga olgan. Bu haqda AQShdagi Oregon universiteti olimlari tomonidan sun’iy yo‘ldosh radar ma’lumotlari asosida ma’lum qilingan.

Nashr yozishiga ko‘ra, olti ta raketa Isroilning shimoli, janubi va markaziy qismida joylashgan beshta muhim harbiy ob’ektga — xususan, yirik havo bazasi, razvedka markazi va logistika bazasiga zarba bergan. Shu bilan birga, yana 36 ta raketa Isroil havo mudofaa tizimini chetlab o‘tib, hududga yetib borgan.

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) ushbu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi. Quruq rasmiy izohda shunday deyilgan:

«Barcha tegishli bo‘linmalar urush davomida o‘z faoliyatini to‘liq davom ettirdi».

Eslatib o‘tamiz, ushbu zarbalar haqida Isroil rasmiy ravishda ma’lumot bermagan edi.

Kiritildi: 15:08 06.07.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!