The Independent nashrida AQSh Mudofaa vazirligida Eronga qarshi harbiy operasiyalar bilan bog‘liq mojaro yuzaga kelgani haqida maqola chop etildi. Unda Tramp ma’muriyati Eronga qarshi operasiyalarni rasman «urush» deb tasniflashdan bosh tortgan holda, halok bo‘lgan amerikalik harbiy xizmatchilarning oilalariga jangovor nafaqalar to‘lanishiga to‘sqinlik qilayotgani aytilgan.
Tasnim News xabar berishicha, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatdan jabrlanganlardan biri Iroq ustidan tanker samolyoti halokati oqibatida vafot etgan 33 yoshli AQSh Havo kuchlari uchuvchisi Aleks Kleyner bo‘lgan.
Kleynerning rafiqasi qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlarni olish uchun murojaat qilganida, harbiylar uning talabini rad etgan. Bunga sabab sifatida Eronga qarshi operasiyalar rasman «urush» deb tasniflanmagani ko‘rsatilgan.
Nashr ta’kidlashicha, AQSh ma’muriyati Eronga qarshi operasiyalarni «urush» deb atashdan bosh tortayotgani sababli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga berilishi lozim bo‘lgan ayrim pul to‘lovlari va jangovor nafaqalar masalasida muammolar yuzaga kelmoqda.