Xalqaro Jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xonning aytishicha, Buyuk Britaniya va AQSh agar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun order chiqarilsa, sudni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish va Rim statutidan chiqish bilan tahdid qilgan.
Shuningdek, Karim Xon o‘ziga nisbatan shaxsiy bosimlar va XJSni obro‘sizlantirishga urinishlar bo‘lganini bildirdi.
"Xon XJS orderlari bo‘yicha qarorlar mustaqil ravishda va xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib qabul qilinganiga urg‘u berdi", deya yozadi The Guardian.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bergan edi.