Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

The Daily Mail: AQSh Konstitusiyasidagi bo‘shliq tufayli Tramp 2037 yilgacha prezident bo‘lishi mumkin

The Daily Mail: AQSh Konstitusiyasidagi bo‘shliq tufayli Tramp 2037 yilgacha prezident bo‘lishi mumkin

"Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlar Konstitusiyasining 22-tuzatishi prezidentlarga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimni egallashni taqiqlaydi. Biroq nashrning yozishicha, ushbu tuzatmada bir bo‘shliq bor, u orqali Tramp uchinchi, hatto to‘rtinchi muddatga ham qolishi mumkin", deb yozadi nashr.

Bu g‘oya akademik doiralarda, Kongress va Oq uy ichki muhokamalarida hamda Trampning eng sodiq tarafdorlari orasida allaqachon muhokama qilinmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, tuzatishdagi asosiy jumla – "Hech kim ikki martadan ortiq prezidentlikka saylana olmaydi" – degan qoidaga asoslangan. Bu shuni anglatadiki, ikki marta saylangan prezident boshqa prezidentning iste’fosi yoki vafoti sababli yana prezident bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilinmagan.

Shu tariqa, Tramp avval vise-prezidentlikka nomzodini qo‘ysa, prezidentlikka esa Vens nomzod bo‘lsa, saylovdan so‘ng Vens qasamyod qilib, keyin iste’foga chiqsa, Tramp uning o‘rniga prezidentlikni egallashi mumkin.

Kiritildi: 16:31 30.03.2025. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!