Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tezkor! Toshkentda inspektor va yuk avtomobili haydovchisi o‘rtasida nima yuz berdi?

Tezkor!  Toshkentda inspektor va yuk avtomobili haydovchisi o‘rtasida nima yuz berdi?

Internet tarmog‘ida Toshkent yo‘llarida YPX inspektori va yuk avtomobili haydovchisi o‘rtasida yuzaga kelgan holat videosi tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi.

2020 yil 16 oktyabr kuni taxminan soat 16.40 da Mirzo-Ulug‘bek tumani Ziyolilar va Sayram ko‘chasi kesishmasida mazkur hududda xizmat olib borgan YPX inspektori jezl va hushtak bilan SREM ST rusumli (davlat raqami 01 F 620 EB) yuk avtomobiliga to‘xtash haqida ishora qilgan. Ammo haydovchi bu ishorani mensimasdan, harakatni davom ettirgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralara natijasida transport vositasi tez orada majburiy tarzda to‘xtatilgan. Haydovchi – 23 yoshli Sergeli tumanida yashovchi Doniyor I. edi.

Toshkent shahar IIBB YHXB maxsus divizion 6-son mobil guruhi inspektori kichik serjant N. Xaytxodjayev haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194 moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirdi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi.

Kiritildi: 15:36 17.10.2020. O'qildi: 3761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!