Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Tez orada buni bilib olamiz»: Tramp Moskva Eronga yordam berayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Tez orada buni bilib olamiz»: Tramp Moskva Eronga yordam berayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Moskvaning Eronni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha so‘rab-surishtirishini ma’lum qildi, garchi o‘zi bu kabi da’volarga ishonmasa-da.

Avvalroq Tramp Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin hamda Si Szinpin Eron bilan kechayotgan nizoga aralashmasligiga ishonishini aytgan edi. Rossiya va Xitoy go‘yoki Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berayotgani haqidagi xabarlarni Moskva ham, Pekin ham qat’iy rad etib, ularni «xom xayol» deb atagan.

«Tez orada buni bilib olamiz. Men Putindan bu haqda so‘rayman», — dedi Tramp Moskva Tehronga Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalarining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini berayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javoban.

Tramp bu gap-so‘zlarni haqiqat deb hisoblamasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, AQSh yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, bu endi u qadar muhim emas, chunki uning fikricha, AQSh Eronni allaqachon «tor-mor etgan».

Kiritildi: 23:36 27.07.2026. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!