Hukumat qarori (VMQ-51, 11.02.2026 y.) bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikum xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra:
➖ 100 foizlik ustama: Xalqaro dasturlarga jalb qilingan direktor, bosh buxgalter, o‘qituvchi va ustalarga har oylik majburiy ustama beriladi.
➖ Rag‘batlantirish jamg‘armasi: Mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi.
➖ Natijaga qarab mukofot: Yuqori reyting balli to‘plagan pedagoglar bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.