AQShning Texas shtati, Ostin shahridagi barlardan birida otishma bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani keltirib chiqargan Nidiagu Dian mahalliy polisiya tomonidan to‘xtatilib, o‘ldirilgan. U hujum vaqtida “Allohning mulki” deb yozilgan futbolka va Eron bayrog‘i tushirilgan kiyimda bo‘lgan.
Hozirda marhum jinoyatchining harakatlari tergovchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ushbu voqeaning 28 fevraldan boshlangan AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi bilan qanday aloqasi borligini ham tekshirayotgani ma’lum qilindi.