Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Test sinovlarida soxta "abituriyentlar" aniqlanmoqda

A A A
Test sinovlarida soxta "abituriyentlar" aniqlanmoqda

Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun mamlakatimizda ham test sinovlari qizg‘in pallaga kirdi. Qashqadaryo viloyatida ham bu jarayon 2 bosqich bo‘lib o‘tmoqda.

Pandemiya sharoiti bois yoshlar profilaktika dezinfeksiya vositalari tibbiy niqob va bosh kiyimlar bilan ta’minlanmoqda. Test sinovlarini topshirishda bilimiga ishongan yoshlar savollarni yechib chiqmoqda. Ammo ayrim “bilimli” yoshlar ma’lum manfaat evaziga birovning o‘rniga test sinovlarini topshirishga kirishga urinmoqda. Lekin ziyrak ichki ishlar organlarining sa’y-harakati tufayli bu toifa shaxslar to‘xtatib qolinmoqda.

Test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha o‘zganing o‘rniga kirgan 24 ta, uyali telefondan foydalangan 38 ta holatlar aniqlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:04 09.08.2021. O'qildi: 3288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!