Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarning barchasi video kuzatuv kameralar bilan jihozlanadi

Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarning barchasi video kuzatuv kameralar bilan jihozlanadi

Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarning barchasi video kuzatuv kameralar bilan jihozlanadi Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ma’lum qildi.

Test sinovlari respublikamiz bo‘yicha, jami 40ta ob’ektda (stadionda) tashkil etiladi. Shunda Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun 6 ta, Farg‘ona viloyatida ham 6 ta, Samarqand, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida 4 tadan, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 tadan, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida 2 tadan hamda Jizzax, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida 1 tadan joy belgilangan. 

Test o‘tkaziladigan aniq manzillar qo‘shimcha ravishda OAV orqali e’lon qilinadi. Stadionlarga kirish alohida joriy qilingan nazorat o‘tkazish postlari orqali tashkil etiladi. Hududda postlarga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi alohida va qulay yo‘llanmalar qo‘yiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga kirish joylarida dezinfeksiya yo‘laklari tashkil etilib, ishtirokchilarning tana haroratini o‘lchash va antiseptik vositalar bilan ta’minlash ishlari bajariladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarning barchasi video kuzatuv kameralar bilan jihozlanadi.

Xavfsizlikni ta’minlashga yetarli darajada Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi. Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuch ishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.

Kiritildi: 15:01 18.08.2020. O'qildi: 2179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!