Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Tesla Ilon Maskga 29 mlrd dollar mukofot to‘lamoqchi

Tesla Ilon Maskga 29 mlrd dollar mukofot to‘lamoqchi

Tesla kuzatuv kengashi Ilon Maskga ikki yil davomida bosh direktor sifatida qolish sharti bilan 96 mlnta aksiya ajratishni ma’qulladi.

Kompaniya kuzatuv kengashi 96 mln aksiyadan iborat, qiymati taxminan 30 mlrd dollar bo‘lgan kompensasiya paketini Ilon Maskka ajratishni tasdiqladi. Ushbu paket faqat Mask kompaniyani yana ikki yil boshqarsa amalga oshiriladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, har bir aksiyaning bajarilish narxi 23,34 dollar etib belgilangan. Mask ularni olgandan keyin besh yil davomida sotmaslik majburiyatini ham oladi. Kompaniya ushbu to‘lovni Maskning loyihalarga diqqatini saqlab qolish uchun «yaxshi niyat belgisi» sifatida baholadi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, bu qaror Tesla aksiyalaridagi beqarorlikni bartaraf etishi mumkin.

Tesla aksiyalari 4 avgust kuni bozor ochilishidan oldin 3 foizgacha o‘sdi. Kun yakunlariga kelib, o‘sish 0,35 foizni tashkil etdi va aksiyalar 303,7 dollar narxda savdoga chiqdi. Shu bilan birga, 2025 yil boshidan beri aksiyalar 25 foizga arzonlashgan.

Bu qaror 2018 yilda qabul qilingan va keyinchalik 56 mlrd dollargacha oshgan kompensasiya kelishuvi yuzasidan Delaver sudidagi ishlar fonida qabul qilindi. Agar sud avvalgi kelishuvni tiklasa, Mask yangi kompensasiyadan voz kechishi kerak bo‘ladi. Tesla ikki karra mukofotni istisno etmoqda.

Ilon Mask hozirda Forbes ma’lumotiga ko‘ra dunyodagi eng boy inson bo‘lib, uning boyligi 401,2 mlrd dollarga yetdi.

Kiritildi: 16:22 05.08.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!