Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Tesla foyda pasayishi va sotuvlardagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi

Tesla foyda pasayishi va sotuvlardagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi

Tesla kompaniyasining e’lon qilingan hisobotlariga ko‘ra, so‘nggi chorakda sof foyda 71% ga kamayib, 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu natijalar oshkor qilingach, kompaniya aksiyalari birja savdosidan tashqarida taxminan 3% ga tushib ketdi. Mutaxassislar buni AQSh va Yevropadagi elektromobillarga bo‘lgan talabning pasayishi bilan bog‘lashmoqda: Tesla tarixida ilk bor sotuv hajmi kamayib, 1,79 million avtomobilni tashkil etdi, bu esa 2023 yilga nisbatan 19 ming donaga kamdir.

Bundan tashqari, kompaniya obro‘siga zarar yetkazuvchi omillar ham mavjud. Ilon Maskning siyosiy bayonotlari ayrim mijozlarning Tesla avtomobillariga bo‘lgan qiziqishini kamaytirgan. Hatto ba’zi xaridorlar buyurtmalaridan voz kechayotgani aytilmoqda. Shuningdek, katta reklama bilan taqdim etilgan Cybertruck pikapi kutilgan natijani bermadi va keng ommaga yoqmay qoldi.

Shunga qaramay, Tesla yangi modellar yordamida vaziyatni o‘nglashga umid qilmoqda. Mart oyida kompaniya yangilangan Model Y avtomobilini taqdim etadi, uning yangilangan komplektasiyadagi narxi 60 990 yevroni tashkil etadi. Mask, shuningdek, avtonom boshqaruv texnologiyasiga katta umid bog‘lamoqda: iyun oyidan boshlab Texas shtatining Ostin shahrida haydovchisiz taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi, 2026 yilgacha esa bu xizmat keng miqyosda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Ilon Mask esa Tesla avtomobillar uchun sun’iy intellekt sohasida yetakchi ekanini ta’kidlab, shunday dedi: «Bu yo‘nalishda bizdan oldinda borayotgan hech qanday kompaniya yo‘q».

Kiritildi: 22:16 30.01.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!