Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Termiz shahridagi 2 ta ko‘p qavatli uyda 4,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Termiz shahridagi 2 ta ko‘p qavatli uyda 4,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida «T.M.P.» MCHJga qarashli 2 ta 16 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 4 milliard 576 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:10. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!