Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Termiz shahrida bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berildi

Termiz shahrida bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berildi

Surxondaryo viloyati hokimligi fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘ramoqda.

O‘zbekiston va Afganistan davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hashorotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan.

Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotganini ma’lum qilib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz, deb yozmoqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati.

Kiritildi: 22:56 08.02.2023. O'qildi: 2546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!