Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Terens Krouford WBO kamaridan mahrum bo‘ldi

A A A
Terens Krouford WBO kamaridan mahrum bo‘ldi

Terens Krouford yarim o‘rta vazn toifasidagi WBO kamaridan mahrum bo‘ldi.

“Krouford bizning chempionimiz bo‘lganidan faxrlanamiz. U tarix yozishda davom etishini intiqlik bilan kutamiz.

Vaqtinchalik chempion Brayan Norman xuddi hamkasblari singari bunga haqqi bor. Krouford yarim o‘rta vaznda ortiq jang qilmasligini hisobga olsak, Norman to‘liq chempion maqomini qo‘lga kiritadi”, — deyiladi Butunjahon boks tashkiloti bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust sanasida Terens Krouford o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 22:05 13.08.2024. O'qildi: 25997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!