Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tennis bilan futbol kelisha olmadi…

Tennis bilan futbol kelisha olmadi…

To‘qqiz yillik turmushdan keyin jahonning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi Anna Ivanovich hamda Germaniya futboli yulduzi, Jahon chempioni Bastian Shvaynshtayger ajrashadigan bo‘ldi. Bu haqda serbiyalik tennischining huquqshunosi ma’lum qilgan.

Ajrashish sababi sifatida "hal qilib bo‘lmaydigan kelishmovchiliklar" deb ko‘rsatilgan.

Shvaynshtayger va Ivanovich 2016 yili iyul oyida Venesiyada turmush qurishdi. Ular 2014 yilda Shvaynshtayger "Bavariya"da o‘ynab yurgan paytida tanishishgandi. Serbiyalik tennischi karerasini 2016 yil dekabr oyida yakunladi. Nikoh paytida ularning uchta farzandi bor edi. Ikki katta o‘g‘ilning ismi Luka va Leon bo‘lib, kenja farzandning shaxsi hech qachon oshkor etilmagan. Bild ma’lumotlariga ko‘ra, oiladagi muammolar hayotning turli ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan.

Xabarlarga ko‘ra, Ana Serbiyada ko‘proq vaqt o‘tkazgan, u erda Ananing oilasi bolalari tarbiyasiga yordamlashgan, Bastian esa futbol sharhlovchisi sifatida ko‘p vaqtini safarlarda o‘tkazgan. Eslatib o‘tamiz, ajrim qayd etilgan paytda Shvaynshtayger 40 yoshda, Ivanovich 37 yoshda.

Kiritildi: 09:46 24.07.2025. O'qildi: 831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!