Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tennessida muvaffaqiyatsiz qatldan so‘ng qamoqxona rahbari iste’foga chiqdi

Tennessida muvaffaqiyatsiz qatldan so‘ng qamoqxona rahbari iste’foga chiqdi

AQShning Tennessi shtati Jazoni ijro etish departamenti rahbari Frenk Strada Krista Paykni qatl etish jarayoni muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Payk 30 yil avval sodir etgan qotillik uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Biroq chorshanba kuni uni qatl etishga urinish vaqtida berilgan birinchi va ikkinchi o‘lim in’eksiyalari ham kutilgan natijani bermadi. Payk tirik qolgan va hozir og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi.

Tennessi gubernatori Bill Li Stradaning qarorini qo‘llab-quvvatlab, uning «murakkab vaziyatda shtat fuqarolari manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygani»ni ta’kidladi.

Gubernator Krista Paykni qatl etishdagi nosozlik sabablarini mustaqil tekshirishni buyurdi. Shuningdek, shtatda rejalashtirilgan boshqa barcha o‘lim jazolarini bir yilga kechiktirishga qaror qilindi.

Kiritildi: Bugun 11:48. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!