Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Temur Malik ko‘chasida avtoulovlar harakati qisman tiklandi

Temur Malik ko‘chasida avtoulovlar harakati qisman tiklandi

Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasining Sultoniya ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab, Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘nalishda avtoulovlar harakati qisman tiklandi.

Harakatlanish tartibi quyidagicha:

• Temur Malik ko‘chasida Sultoniya ko‘chasidan harakatlanganda, qarama-qarshi yo‘nalish orqali Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga chiqish mumkin (tezlik cheklovi — 30 km/soat).

• Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab Sultoniya ko‘chasiga harakatlanishga ruxsat etilgan (tezlik cheklovi — 30 km/soat).

Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raladi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!