Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Temur Kapadze: Atrofdagi bunaqa mish-mishlardan charchadim

Temur Kapadze: Atrofdagi bunaqa mish-mishlardan charchadim

O‘zbekiston terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Temur Kapadze kecha Futbol + podkastida ishtirok etib, so‘nggi paytlarda murabbiy olib kelinishi haqida chiqayotgan mish-mishlardan charchaganini va qarorlar tartibsiz qabul qilinayotganini ta’kidladi.

- Top murabbiy keladigan bo‘lsa, nimaga men qarshi bo‘laman? O‘rganadigan narsalarim ko‘p hali. Shuningdek, qo‘ldan kelgancha yordam ham beraman. Biroq bu tartibli bo‘lgani yaxshi. Atrofda turli gap-so‘zlar ko‘paymasidan avval kelib, hammani yig‘ib: boshqa Jahon chempionati tajribasi bor murabbiy qidiryapmiz, Temur ham shtabda bo‘ladi, deyishganida bu to‘g‘ri ish bo‘lardi va hamma to‘g‘ri qabul qilardi.

- Federasiya bu tomondan rostan jim edi va meni qiynashdi. Men yigitlarni turnirga tayyorlashim kerak edi, ammo nima bo‘layotganini bilmayapman. To‘g‘risi, atrofdagi bunaqa mish-mishlardan charchadim.

Kiritildi: 23:51 10.09.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!