"Men siyosiy faol Charli Kirkning shafqatsizlarcha o‘ldirilishidan chuqur qayg‘udaman va g‘azabdaman". Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp fojia munosabati bilan e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.
Tramp sodir bo‘lgan voqea "Amerikani zulmatga botganini" ta’kidladi va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishga va’da berdi.
"Mening ma’muriyatim ushbu va boshqa siyosiy zo‘ravonlik harakatlariga aloqador bo‘lgan barchani, shu jumladan, bunday harakatlarni moliyalashtiradigan va qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarni, shuningdek, mamlakatimizda tartibni ta’minlovchi sudyalar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va boshqalarga qarshi chiqqanlarni topadi”, dedi u.
Tramp Kirkning o‘ldirilishini Pensilvaniyada unga qarshi uyushtirilgan suiqasdga qiyosladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 14 iyul kuni Pensilvaniyada saylovoldi mitingi chog‘ida Donald Trampga qarata o‘q uzilgan, natijada u qulog‘idan jarohat olgan edi.