AQShning ko‘plab qonunchilari Yuta shtatida amerikalik konservativ faol Charli Kirkning o‘ldirilishi ortidan xavfsizlik choralarini kuchaytirishni taklif qilmoqda.
Bu haqda Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ularning ko‘pchiligi xavotirda. Ular jamoat arboblari, ular doimo va hamma joyda jamoatchilik e’tiborida. Kongress a’zolari xavfsizligini ta’minlash uchun bizda ajoyib choralar bor, lekin ko‘pchilik ularni kuchaytirishni xohlaydi", - deydi u.
Jonson qonunchilardan olingan so‘rovlarni o‘rganib, "jiddiy davrlar jiddiy choralarni talab qilishini" ta’kidladi.