Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Bosh vazirning rafiqasini avtomobili o‘g‘irlab ketildi

Bosh vazirning rafiqasini avtomobili o‘g‘irlab ketildi

Noma’lum shaxslar Sopotda Polsha bosh vaziri Donald Tuskning rafiqasiga tegishli bo‘lgan shaxsiy Lexus avtomobilini o‘g‘irlab ketishdi.

Bu haqda TVN24 telekanali ma’lum qildi.

"Biz so‘rov oldik, Gdanskdagi Voyevodelik polisiya bo‘limi xodimlari ushbu hodisa ustida ishlamoqda" - dedi Polsha polisiyasi bosh boshqarmasi TVN24 telekanaliga. Gazeta Wyborcza gazetasining aniqlik kiritishicha, o‘g‘irlangan mashina Tuskning rafiqasi Malgojataga tegishli bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Tuskning oilaviy uyi Sopot shahrida joylashgan bo‘lib, u alohida muhofazaga olingan (Polshada yuqori martabali amaldorlar va ularning oilalarini himoya qilish Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi). Hodisaning boshqa tafsilotlari haqida xabar berilmagan.

Kiritildi: 08:30 11.09.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!