Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Telegram va Instagramʼda tashkil etilgan katta «firibgarlik» fosh etildi

Telegram va Instagramʼda tashkil etilgan katta «firibgarlik» fosh etildi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz kibermakon» tezkor-profilaktika oyligi doirasida «online kiyim do‘koni» niqobi ostida tashkil etilgan «firibgarlik» fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 4 nafar shaxslar oson daromad orttirish maqsadida «Instagram» hamda «Telegram» tarmoqlari orqali «erkaklar kiyimlari savdosi» niqobi ostida soxta sahifalar ochib, arzon narxlarda mahsulotlar taklif qilgan. Ular xaridorlardan oldindan pul o‘tkazishni so‘rab, mablag‘larni begonalarga tegishli bank kartalariga tushirishgan va shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab kelganlar.

Misol uchun, joriy yil 11 iyun kuni Toshkent tumanida yashovchi fuqaro «Instagram» orqali ularga bog‘lanib, reklama qilingan kiyimni sotib olish uchun 1 million so‘mni ular ko‘rsatgan karta raqamiga o‘tkazib bergan. Biroq pul o‘tkazilgach, barcha yozishmalar o‘chirilib, muloqot to‘xtatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, so‘nggi bir oy davomida ular fuqarolarning jami 279 ta bank plastik kartalaridan aldov yo‘li bilan 101 million so‘mdan ortiq mablag‘larni qabul qilib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:56 13.09.2025. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!