Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

«Telegram» noma’lum kontaktlar haqida ma’lumotlarni ko‘rsatishni boshlaydi

A A A
«Telegram» noma’lum kontaktlar haqida ma’lumotlarni ko‘rsatishni boshlaydi

Bunday yangilik odamlarga firibgarlardan himoyalanishga yordam berishi kerak.

«Telegram» noma’lum kontaktlar haqida ma’lumotlarni ko‘rsata boshlaydi. Bu haqda «Kod Durova» nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, funksiya hozirda messenjerning Android uchun beta-versiyada sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Pavel Durov ushbu yangilikni o‘z kanalida e’lon qilgan edi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, bunday yangilik odamlarga firibgarlardan himoyalanishga yordam berishi kerak.

Ilova quyidagi ma’lumotlarni foydalanuvchiga taqdim etadi:

  • suhbatdoshning telefon raqami qaysi mamlakatga tegishli ekanligi;
  • uning akkaunti qaysi oy va yilda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;
  • umumiy guruhlar soni;
  • akkaunt «Telegram»ning rasmiy akkaunti hisoblanadimi yoki yo‘qligi.

Yangiliklar hozircha sinov bosqichida, biroq tez orada «Telegram»ning yangi versiyasida mavjud bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:05 01.03.2025. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!