2025 yil yozidan boshlab Telegram foydalanuvchilari xAI kompaniyasining ilg‘or sun’iy intellekti – Grok chatbotidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ilon Mask va PavelIlon Mask ta’sis etgan xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok sun’iy intellekt chat-boti endi Telegram messenjerida ham faoliyat yuritadi. Bu haqda rasmiy ma’lumotlarga asosan xabar berildi.
"Bu yozda Telegram foydalanuvchilari bozordagi eng ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyasiga ega bo‘ladilar. Ilon Mask va men 1 yillik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdik — bu orqali xAI kompaniyasining Grok chatboti milliarddan ortiq foydalanuvchilarimizga taqdim etiladi va barcha Telegram ilovalariga integrasiya qilinadi", — deya ma’lum qildi Telegram asoschisi.
Durov o‘z postiga ilova qilgan videoda Grok yordamida messenjerda savollarga javob topish, postlarni tahrirlash, xulosa yasash, avatar va emojilar yaratish mumkinligi ko‘rsatilgan.
"Bu Telegram'ning moliyaviy holatini ham mustahkamlaydi: biz xAI'dan naqd pul va aksiyalar ko‘rinishida 300 million dollar olamiz, shuningdek Telegram orqali sotilgan xAI obunalaridan 50 foiz daromad ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi Durov.
Shu bilan birga, Pavel Durov Telegram'ning pullik obunachilari soni 15 milliondan ortganini ma’lum qildi.
Grok – bu nima?
Grok — bu sun’iy intellektga asoslangan chat-bot bo‘lib, xabarlarga tezkor munosabat, real vaqtda ma’lumot taqdim etish, hamda yumorli va interaktiv uslubda muloqot olib borish imkonini beradi. U “X” (sobiq Twitter) platformasida faoliyat boshlagan bo‘lib, endi Telegram ichida ham bevosita foydalanish mumkin.
---
Telegram'dagi imkoniyatlar:
Grok chat-botini Telegram orqali ishga tushirish va undan foydalanish uchun alohida dastur yuklab olish talab etilmaydi.
Foydalanuvchilar botga savol berish, tahlil olish, matn yozish va boshqa turli funksiyalardan foydalanishlari mumkin.
Grok, OpenAI'ning ChatGPT raqobatchisi sifatida, jahondagi dolzarb ma’lumotlar va voqealarga tez va shiddatli munosabat bildirishi bilan ajralib turadi. Durov o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuviga ko‘ra, Grok Telegram ilovalarining barcha versiyalariga integrasiya qilinadi.