Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Telegram’da bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish ko‘paydi — Raqobat qo‘mitasi

Telegram’da bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish ko‘paydi — Raqobat qo‘mitasi

Qo‘mita mazkur shaxslarni aniqlash hamda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Kiberxavfsizlik markaziga ma’lumot kiritmoqchi.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va Telegram messenjerida tashkil qilingan guruh va kanallarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari ko‘plab uchramoqda, deb yozadi Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.

Bunda, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi shaxslar axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, o‘zining shaxsini yashirib yoki boshqa nom bilan ushbu harakatlarni sodir etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga ko‘ra, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi.

"Biroq bu kabi holatlar o‘rganilganda, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilayotgan elektron resurslar sub’ektlarini, mas’ul shaxslarini, Telegram kanal egasini va boshqa ma’lumotlarni aniqlash imkonsiz bo‘lmoqda.

Axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga vakolat doirasida aniqlik kiritish hamda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga taqdim etiladi" — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:53 15.04.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!