Telegram asoschisi Pavel Durovning avgust oyida Fransiyada hibsga olinishi messenjer narxining joriy yilda uch marta oshishiga to‘sqinlik qilmadi, deb xabar bermoqda Financial Times.
Telegram 2024 yilning birinchi yarmida o‘z aktivlari qariyb 400 million dollardan 1,3 milliard dollargacha oshganini ma’lum qildi. Bunga Toncoin kriptovalyutasini sotish katta ta’sir o‘tkazdi.
Nashrning qayd etishicha, messenjer aktivlarining rekord darajada o‘sishi Durov hali hibsga olinmagan davrda sodir bo‘lgan.
Telegram daromadining deyarli yarmi Toncoin'ning biznes uchun ilovada reklama sotib olishning eksklyuziv usuli bo‘lishiga ruxsat berish bo‘yicha kelishuv asosida shakllangan, biroq 1 oktyabrdan boshlab Toncoin o‘zining eksklyuziv maqomini yo‘qotgan.