Tehrondagi bir nechta Eron dengiz floti ob’ektlari havo hujumlariga uchradi.
Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Mudofaa vazirligi dengiz floti ob’ektlari katta bombardimonlar nishoniga aylangan.
Shuningdek, Karajning shimoliy chekkasida deyarli bir vaqtning o‘zida kamida beshta kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.
Hozircha zarar yoki qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagan.