Eron Qurolli kuchlari markaziy shtabining sobiq boshlig‘i va "Xotam al-Anbiya" markaziy qo‘mondonligining sobiq rahbari general Ali Shadmaniy Tehron ko‘chalarida Isroil razvedka xizmati "Mossad" agentlari bilan otishmada halok bo‘ldi.
Bu haqda Turkiya OAVlari xabar berdi.
E’tiborlisi, avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi general 17 iyun kuni 12 kunlik urush davomida Isroil havo hujumlari natijasida halok bo‘lganini bildirgan edi.
Biroq, Shadmanining qizi o‘z bayonotida Mossadning rasmiy versiyasini rad etdi. Uning ta’kidlashicha, otasi o‘z qo‘riqchilari bilan qochishga uringanida Tehronda "Mossad" agentlari tomonidan qurshab olingan va keyingi otishmada halok bo‘lgan.