Agar AQSh Eronga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirsa, Tehron Vashingtonning Yaqin Sharqdagi iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.
Bu haqda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ogohlantirdi.
«Agar AQSh Eronga iqtisodiy bosimni kuchaytirsa, biz mintaqadagi Amerika manfaatlariga ta’sir qiladigan javob choralarini ko‘ramiz», — dedi u Livanning «Al-Manar» telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Rizoiy aynan qanday javob choralari nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritmadi.
Uning fikricha, AQShning Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimga o‘tishi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga urinish cheklangan natija berayotganini ko‘rsatadi.
Avvalroq, 26 avgust kuni Axios nashri AQSh yaqin vaqt ichida Eronga yangi zarbalar berishni rejalashtirmayotgani va Tehronga bosim o‘tkazishning boshqa vositalari, jumladan sanksiyalarga e’tibor qaratish niyatida ekanini xabar qilgan edi.